Neymar endi «Barselona» futbolchisi emas. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, klub hisobiga futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 222 mln yevro kelib tushgan. Endi futbolchiga «PSJ»ga o'tishi uchun to'siq yo'q.
«Neymarning vakillari «Barselona» ofisiga keldi va shartnomani bir tomonlama buzish uchun yetarli bo'lgan 222 million yevroni to'ladi.
«Barselona» UYeFAga ushbu amaliyotning barcha jihatlari haqida ma`lumot yo'lladi», – deyilgan xabarda.
Bundan avvalroq Fransiyadagi nashrlarda, Neymar «Barselona» vakillari bexabar holda «PSJ» uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq La Liga parijliklarning Neymar uchun taklif qilgan 222 mln yevrosini qabul qilmasligini ma`lum qildi, keyinroq ishga Fransiya professional futbol ligasi aralashdi.