Despacito qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube tarixida eng ko‘p tomosha qilingan videoga aylandi

  • Жалоба на материал
  • Автор: Tezkor_Admin
  • Дата: 06.08.2017
  • Просмотры: 542
  • Коммент: 0

Puerto-rikolik xonanda Luis Fonsi hamda reper Deddi Yanki ijrosidagi Despacito qo‘shig‘iga olingan klip YouTube videoxostingida 3 milliard martadan ortiq ko‘rilib, sayt tarixida ko‘p tomosha qilingan videoga aylandi. Bu haqda The Guardian’ga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Despacito klipi o‘tgan oyda reper Uiz Xalifa va qo‘shiqchi Charli Putning birgalikda ishlagan See you again nomli klipi o‘rnatgan rekordni yangiladi. Ayni vaqtda Despacito videosi o‘zidan oldingi yetakchidan 3 million marta ko‘p tomosha qilingan.

O‘z navbatida See you again YouTube’da ikki hafta davomida eng mashhur video bo‘lib turdi va koreyalik qo‘shiqchi PSY’ning to‘rt yildan ortiq vaqt davomida birinchilikni egallab turgan Gangnam Style klipini ortda qoldirdi.

Despacito qo‘shig‘i ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Шоҳруҳхон "Ёнингдаман" қўшиғи учун видеоклип суратга олдирди

  • Жалоба на материал
  • Автор: Tezkor_Admin
  • Дата: 28.07.2017
  • Просмотры: 343
  • Коммент: 0

Санъатимиз юлдузи, халқимизнинг севимли санъаткори Шоҳруҳхон яқиндагина узоқ кутилган "Ёнингдаман" номли қўшиғини тингловчилар эътиборига ҳавола қилган эди. ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

​Jahongir Poziljonovning “Sharmanda” klipi taqdim etildi (Video)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 13.07.2017
  • Просмотры: 374
  • Коммент: 0

Jahongir Poziljonov boshchiligidagi “Bojalar” guruhi o`zlarining yangi klipini muxlislar e`tiboriga havola etishdi. 

“Sharmanda” deb nomlangan klip rejissyor Sherzod Umarov tomonidan suratga olingan. Videoasar trek yo`nalishida suratga olingan bo`lib, odatdagidek xazilomuz sahnalarga boy.

Раздел: Шоу-бизнеса

“Oti yulduzimsan”. Umidaxonning nomi imloviy xato bilan yozilgan ilk albomi taqdim etildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 30.06.2017
  • Просмотры: 388
  • Коммент: 0

Xonanda Umidaxon 22-iyunda o‘zining ilk musiqiy to‘plamini muxlislar e’tiboriga havola etdi. Asli nomi “Yulduzimsan” bo‘lgan albom nomi disk chiqarishga mas’ul shaxslarning aybi bilan “Oti yulduzimsan” tariqasida taqdim etildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.

“Sayyod.com” ning yozishicha, disk chiqarishning tashkiliy masalalari bilan shug‘ullangan Discovery do‘konining aksariyat xodimlari rusiyzabon bo‘lgani uchun ular tomonidan disk nomi yozilayotgan paytda xatoga yo‘l qo‘yilgan.

Umidaxonning ilk albom taqdimotida ko‘plab san’atkorlar mehmon bo‘lib, xonandani tabrikladi. Ular orasida Manzura, Madina Mumtoz, Oybek va Nigora, A’lo Rahimova, Dilso‘z va Kamola Oripovani sanab o‘tish mumkin.

Раздел: Шоу-бизнеса

“Arslon izidan” filmi iyun oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 30.06.2017
  • Просмотры: 377
  • Коммент: 0

Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi iyun oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Iyun oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Akrom Shaxnazarovning “Hamroh”, Durdona To‘laganovaning “Yuzsiz” filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Begunoh”, “Ona qizim”, “Asragil”, “Taksi 5” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha&rdq ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Zarina Nizomiddinova: Shohruxxon — bolalikdagi do‘stim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 30.06.2017
  • Просмотры: 613
  • Коммент: 0

Aktrisa va qo‘shiqchi Zarina Nizomiddinova “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida hamkasbi Shohruxxon bilan yaqin munosabatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Zarina dastlab Shohruxxon bilan hamkorligi haqida gapirayotib, u bilan bolalikdan do‘st ekanligini, birgalikda qilgan hamma ijodiy ishlari doim omadli chiqishi, buni Shohruxxonning o‘zi ham ko‘p takrorlashini aytdi.

Jurnalistning “Nega aynan Shohruxxon?” — degan savoliga esa quyidagicha javob qaytardi:

“U bilan ‘Romeo va Juletta’ filmida birga ishlaganimizdan xabaringiz bor. O‘sha yillardayoq fe’l-atvorimiz, dunyoqarash va maqsadlarimiz o‘xshash edi. Ko‘p narsalarda bir xil fikrlaganimiz uchun ham hamkorliklar bizga qiyinchilik tug‘dirmaydi, deb o‘ylayman. Bu esa albatta, natijaning yaxshi bo‘lishiga asosiy poydevor. Bil ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Zarina Nizomiddinova: qaddi-qomatimga urg‘u berib suratga tushishni to‘xtatmayman!

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 30.06.2017
  • Просмотры: 433
  • Коммент: 0

Zarina Nizomiddinova “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida turli gap-so‘zlar tufayli ijtimoiy tarmoqlarga qaddi-qomatiga urg‘u berilgan suratlarini joylashdan to‘xtamasligini ma’lum qildi.

“So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarga yuklayotgan fotosuratlaringiz katta muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Lekin bu gaplar sabab qaddi-qomatingizga urg‘u berib suratga tushishni to‘xtatayotganingizcha yo‘q”, — deya jurnalist aktrisaga yuzlandi.

“To‘xtatmayman ham! — deya javob qildi Zarina. — Chunki kim nima desa, desin, men ayrimlarga o‘xshab ochiq-sochiq kiyinib yurganim yo‘q. Shunchaki, biroz tor liboslarni yaxshi ko‘raman, xolos. Bundan tashqari, bu men tanlagan zamonaviy uslub. Nazarimda, hammaning o‘z didi va xohishlari bo‘lishi tabiiy. Bunga birov to‘sqinlik qilib, u ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Zarina Nizomiddinova: bugungi kundagi aqlim bilan oila qurganimda, birinchi turmushimdan ajrashmagan bo‘lardim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 30.06.2017
  • Просмотры: 349
  • Коммент: 0

Aktrisa Zarina Nizomiddinova erta oila qurgani borasida afsuslanishini aytdi. Bu haqda u “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Ijodimni erta boshlab, bugungi kundagi muvaffaqiyatlarimni boshdan o‘tkazayotganimga hech afsuslanmayman. San’at bilan shug‘ullanib yomonlik ko‘rmadim. Oila qurish borasida esa afsuslar yo‘q emas. O‘shanda, 18 yashar qiz edim. Hayotiy tajribalarsiz, faqat his-tuyg‘ularga tayangan ekanman. Agar bugungi kundagi aqlim bilan oila qurganimda, birinchi turmushimdan ajrashmagan bo‘lardim, deb o‘ylayman. Lekin, ming shukr, farzandim yonimda. O‘zim bilan xuddi opa-ukadek ulg‘ayapti. Meni tanimaganlar ona ekanimni bilmaganlar, shunday katta bolam borligini ko‘rib, havas qilishadi. Shu baxtim hayotimdagi boshqa kamchilik va afsuslarni yuvib ketadi.

O‘g‘li haqida gap ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса
1 2 3 ... 39 40 »