Zarina Nizomiddinova: qaddi-qomatimga urg‘u berib suratga tushishni to‘xtatmayman!

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 30.06.2017
  • Просмотров : 434
  • Коммент: 0

Zarina Nizomiddinova “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida turli gap-so‘zlar tufayli ijtimoiy tarmoqlarga qaddi-qomatiga urg‘u berilgan suratlarini joylashdan to‘xtamasligini ma’lum qildi.

“So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarga yuklayotgan fotosuratlaringiz katta muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Lekin bu gaplar sabab qaddi-qomatingizga urg‘u berib suratga tushishni to‘xtatayotganingizcha yo‘q”, — deya jurnalist aktrisaga yuzlandi.

“To‘xtatmayman ham! — deya javob qildi Zarina. — Chunki kim nima desa, desin, men ayrimlarga o‘xshab ochiq-sochiq kiyinib yurganim yo‘q. Shunchaki, biroz tor liboslarni yaxshi ko‘raman, xolos. Bundan tashqari, bu men tanlagan zamonaviy uslub. Nazarimda, hammaning o‘z didi va xohishlari bo‘lishi tabiiy. Bunga birov to‘sqinlik qilib, uni tarbiyasiz va axloqsizga chiqarishi noto‘g‘ri! Meni yomon gaplar bilan muhokama qilayotganlar, internetdagi boshqalarning hayotiga ham nazar solib ko‘rishsa yomon bo‘lmasdi”.



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.