Zarina Nizomiddinova: Shohruxxon — bolalikdagi do‘stim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 30.06.2017
  • Просмотров : 619
  • Коммент: 0

Aktrisa va qo‘shiqchi Zarina Nizomiddinova “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida hamkasbi Shohruxxon bilan yaqin munosabatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Zarina dastlab Shohruxxon bilan hamkorligi haqida gapirayotib, u bilan bolalikdan do‘st ekanligini, birgalikda qilgan hamma ijodiy ishlari doim omadli chiqishi, buni Shohruxxonning o‘zi ham ko‘p takrorlashini aytdi.

Jurnalistning “Nega aynan Shohruxxon?” — degan savoliga esa quyidagicha javob qaytardi:

“U bilan ‘Romeo va Juletta’ filmida birga ishlaganimizdan xabaringiz bor. O‘sha yillardayoq fe’l-atvorimiz, dunyoqarash va maqsadlarimiz o‘xshash edi. Ko‘p narsalarda bir xil fikrlaganimiz uchun ham hamkorliklar bizga qiyinchilik tug‘dirmaydi, deb o‘ylayman. Bu esa albatta, natijaning yaxshi bo‘lishiga asosiy poydevor. Bilasizmi, Shohruxxonning samimiy va ko‘ngli tozaligiga tan beraman. Mashhurlik uni o‘zgartirmagan. Hatto, atrofida kimdir, boshqalarni g‘iybat qilayotganini eshitib qolsa, urishib beradi. Turmush o‘rtog‘i Asal Shodiyevani ham juda hurmat qilaman. Hamkasb sifatida munosabatlarimiz yaxshi. Biz oilaviy do‘stmiz, desam xato bo‘lmaydi”.



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.