Xonanda Umidaxon 22-iyunda o‘zining ilk musiqiy to‘plamini muxlislar e’tiboriga havola etdi. Asli nomi “Yulduzimsan” bo‘lgan albom nomi disk chiqarishga mas’ul shaxslarning aybi bilan “Oti yulduzimsan” tariqasida taqdim etildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.
“Sayyod.com” ning yozishicha, disk chiqarishning tashkiliy masalalari bilan shug‘ullangan Discovery do‘konining aksariyat xodimlari rusiyzabon bo‘lgani uchun ular tomonidan disk nomi yozilayotgan paytda xatoga yo‘l qo‘yilgan.
Umidaxonning ilk albom taqdimotida ko‘plab san’atkorlar mehmon bo‘lib, xonandani tabrikladi. Ular orasida Manzura, Madina Mumtoz, Oybek va Nigora, A’lo Rahimova, Dilso‘z va Kamola Oripovani sanab o‘tish mumkin.