Shohruh reper litsenziyadan mahrum qilingani uchun estrada olamida ko‘rinmay qolgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Xonanda bu haqda Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirgan, mazkur xabar xonandaning Facebook’dagi sahifasida ham qayta chop etilgan.
Xonanda litsenziyasidan mahrum etilgani haqidagi gap-so‘zlarga javoban, 2012—2015-yillarda olgan litsenziya namunalari fotosuratlarini keltirgan, suratda 2015-yil 25-avgustda berilgan litsenziya namunasi ham bor. “Har uch oyda yangilab turaman”, — deydi Shohruh.
“Ko‘p yillardan beri estradaga chiqmasligim sababi, o‘zimga yarasha boshqa ishlarim ham bor. Musiqa oxirgi darajala bo‘lib qolgan, musiqa men uchun xobbi ekanini ilk bor estradaga chiqqanimda ham aytganman. Bo‘sh vaqtimda musiqaga vaqt ajrataman, meni kuzatib borayotgan muxlislar buni juda yaxshi biladi”, — deydi reper.
“Har xil yolg‘on gap tarqatadiganlar va ba’zi ommaviy axborot vositalariga maslahatim — nimadir deyishdan avval men kab
...
Читать дальше »