My Day yulduzlar yangi yilning birinchi haftasida nimalar bilan bandligiga aniqlik kiritdi.
Manzura yangi yilda, “Qaynona va kelin” teleserialining syomka ishlarida suratga tushishni davom ettirmoqda.
Yangi yilning ilk haftasida Ziyoda o‘z vaqtini oilasi va yaqinlari davrasida o‘tkazishga bag‘ishladi. 7-yanvarda esa xonanda Instagram tarmog‘ida barcha yaqinlari va do‘stlaridan tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan tabriklarni qabul qildi.
Rayhon o‘zining ijodiy jamoasi bilan fevral oyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturiga allaqachon tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Shuningdek, xonanda tez kunda muxlislari e’tiboriga “Javob ber” taronasiga ishlangan videoklipni taqdim etish arafasida.
Sardor Mamadaliyev esa “Dil yarasi” taronasiga klip tasvirga olish ishlari bilan band. Mazkur klipda Yulduz Rajabova va Karim Mirhodiyevlar ishtirok etadi.
Dilso‘z ham yilni mazmunli boshladi. U muxlislariga qishki fotosessiyasini taqdim etdi. Shuningdek, xonanda 8-yanvar kuni “Aytgin” nomli yangi taronasinining premyerasini o‘tkazish arafasida.
Sevara Nazarxon yangi yilning birinchi haftasida o‘zi uchun yangi fotosessiya o‘tkazdi. Suratkashlik vazifasini esa iste’dodli Aziza Kariyeva amalga oshirdi.
Shahzoda MY5 telekanalida “Nasha radost” mualliflik ko‘rsatuvini olib bormoqda. 2016-yilning 3-yanvarida xonanda ko‘rsatuvning navbatdagi sonida tasvirga tushib, o‘z oilasi bilan qishki ta’tilga yo‘l oldi. Shuningdek, tez orada Shahzoda, xonanda Shohruh bilan yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan klipini omma hukmiga taqdim etish arafasida.
Shohruhxon, Shuhrat Yo‘ldoshev bilan ijro etgan “Qizgina” duetiga klip tasvirga oldirmoqda. Demak, aka-ukalardan tez orada yangi klipni kutib qoling.
Sardor Rahimxon yangi yilda “Omon-omon” nomli taronasiga videoklip tasvirga oldirdi. Tez orada real voqealarga asoslangan ijod mahsuli muxlislar hukmiga taqdim etiladi.
Munisa Rizayeva yangi yilning ilk haftasida muxlislarga sho‘x qo‘shig‘ini taqdim etdi. “Manbop” taronasi 4-yanvar kuni premyera qilindi.