Iqtidorli yosh rejissyor Sherzod Umarov tomoshabinlar e’tiboriga o’zining yangi «Meni sev» kartinasini havola etmoqda.
«Meni sev» – romantik melodramma janrida suratga olingan, syomka jarayonlari Tukriya hamda Toshkentda bo’lib o’tgan. Kartinada bosh rollarni Sitora Alimjonova, Elyor Mahkamov, Jamshid Otajonov, Rixsitilla Abdullayev ijro etganlar.
Romantik melodramma yulduzlarimizga yaqin bo’lsa ajab emas. Sherzod Umarovning aytishicha, bu kartinani ko’rib tomoshabin bir oz bo’lsada sevimli ijodkorini tushaoladi, chunki «Meni sev» da yoshlarimizning sevimli ijodkorining real hayoti hamda ma’lumotlarga (bir paytlarda haqiqiy bo’lmaganlariga) boy ijtimoiy tarmoqlardagi vertual hayoti mavzusi yoritilgan.
«Meni sev» premyerasi 9 yanvar kuni «Alisher Navoiy» nomidagi kinosaroyda bo’lib o’tadi.
Yangi yilni yangi umid va rejalar bilan qarshi olib ko’nglingiz romantikani istayotgan bo’lsa unda «Meni sev» kartinasini albatta katta ekranlarda tomosha qiling. Dam olish va ta’til kunlaringizni unumli o’tkazing!