O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, go’zal ovoz sohibasi Ziyoda bugun tavallud kunini nishonlamoqda.
Shirin ohanglar va yoqimli kuylarga boy bo’lgan taronalar hamda yorqin va ma’noli videokliplar bilan o’z tinglovchilarini siylovchi xonanda hech ham tinim bilmay ijod qilishdan charchamaydi.
Kuni – kecha Ziyoda o’zining «Sevgi ko’chasi» taronasini havola etgan bo’lsa, endigida yana yangi va yangi ijod mahsullari bilan shod etish istagidadir.
Iste’dodli Ziyodani tabriklab, ularga sihat-salomatlik, ijodlariga omad, oilaviy baxt, hayot yo’llarida bundanda yuksak cho’qqilarga erishishlarini tilab qolamiz!
