Xarrison Ford eng kassabop aktyorlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 414
  • Коммент: 0

Xarrison Ford o‘zi ishtirokidagi filmlar keltirgan jami tushum bo‘yicha Box Office Mojo portali reytingida yetakchilik qilmoqda: “Yulduzlar jangi” epopeyasi yangi filmining muvaffaqiyati tufayli mazkur ko‘rsatkich 4,7 milliard dollarga yetdi. Shu tariqa u ro‘yxatning avvalgi yetakchisi Semuel L. Jeksonni ortda qoldirdi, deya xabar beradi “Gazeta nashri”.

Shuningdek, ushbu ro‘yxatda Tom Xenks, Morgan Friman, Eddi Myorfi oldingi o‘rinlarda bormoqda. E’tiborli jihati, eng daromadgir aktyorlar yigirmataligidan atigi bir ayol o‘rin olgan: Kemeron Dias ishtirokidagi filmlar 3,03 milliard dollar to‘plagan.

“Yulduzlar jangi” yaratuvchisi Jorj Lukas eng kassabop kinossenariyvislar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. Ushbu epopeyaga musiqa bastalagan Jon Uilyams esa katta tushum keltirgan bastakorlar reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan.

... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Meksikalik narkobaron Xoakin Gusmandan intervyu olgan Gollivud yulduzi Shon Pennga nisbatan surishtiruv boshlandi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 399
  • Коммент: 0

Meksika rasmiylari mashhur Gollivud aktyori va rejissor Shon Penn hamda meksikalik aktrisa Keyt Del Kastilyoga nisbatan surishtiruvni boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Surishtiruvga shu haftada qo‘lga olingan Meksikadagi “Sinaloa” narkokarteli rahbari, “Pakana” laqabli Xoakin Gusman bilan uyushtirilgan intervyu sabab bo‘lgan. Mazkur suhbat asosidagi material 9-yanvar, shanba kuni Rolling Stone jurnalining elektron ko‘rinishida chop etildi.

Shu bilan birga, Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, narkobaron o‘tgan yil oktabrida aktyorga bergan intervyu jinoyatchi Durango shtatining chekka qishloq joyida yashiringan joyni aniqlash va uni qo‘lga olishga yordam bergan. Penn bunda qandaydir darajada ko‘mak bergan yoki yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.

Aktyorning aytishicha, “Sinaloa” yetakchisi bilan suhbat Meksikadagi changalzorlardan birida ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Xonanda Alisher Fayz istalgan qo‘shig‘ini qiziqchi Zokir Ochildiyevga berishga tayyorligini ma’lum qildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 459
  • Коммент: 0

Xonanda Alisher Fayzning fikricha, qiziqchi Zokir Ochildiyev nima ish bilan shug‘ullansa ham, mashhur bo‘lib ketadi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Gazeta jurnalistining: “Zokir Ochildiyevga qaysi qo‘shig‘ingizni bera olasiz?”, —qabilidagi savoliga, xonanda shunday javob berdi: “Istaganlarini so‘rasinlar, marhamat”.

“Men Zokir akani aynan og‘ir botmaydigan gaplarni ayta oladigan qiziqchi sifatida hurmat qilaman. Ba’zi birovlarga o‘xshab oilaga, shaxsiyatga tegmaydi. Shu paytgacha biror hajviyasi dilimni og‘ritmagan, bundan keyin ham og‘ritmasa kerak”, — dedi xonanda.

... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Aktrisa Yulduz Rajabova “E’tirof” mukofotini “hayotidagi eng ajoyib sovg‘a” deb atadi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 1253
  • Коммент: 0

Aktrisa Yulduz Rajabova “E’tirof” milliy mukofotini qo‘lga kiritish orzusida bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bu mukofot hayotimdagi eng ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Nazarimda, qalbida san’at ishtiyoqi yongan har bir san’atkor bunday mukofotlarga sazovor bo‘lishni istaydi, shu yo‘lda mehnat qiladi”, — dedi aktrisa.

“Yo‘q, men kutmagandim, degan fikrlarga qo‘shilmayman. Sabab, har gal o‘sha sahnada Milliy mukofot topshirilayotganda, zalda o‘tirgan san’atkorlar: ‘Qaniydi, men ham shunday mukofot olsam’, deb orzu qiladi. Men ham o‘tgan yillarda shunday orzu-havas qilganman”, — dedi Yulduz Rajabova.

“‘E’tirof’ meni yanada olg‘a qadam tashlashga, undan-da yuqori marralarni zabt etishga undadi. Mukofotga loyiq ko&l ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Aktrisa Shahlo Temirova “E’tirof”ni qo‘lga kiritishi va qizli bo‘lishini mo‘jizaga qiyosladi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 1368
  • Коммент: 0

O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Shahlo Temirova uchun 2015-yil mo‘jizalarga boy bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Bekajon” gazetasi.

“2015-yil men uchun mo‘jizalarga boy bo‘ldi, desam xato bo‘lmaydi. Sababi, yil davomida eng ajoyib filmlarda suratga tushdim, ekranda aktrisa sifatida tanildim. Mehnatlarim besamar ketmadi va yil yakunida ‘E’tirof’ milliy mukofoti bilan taqdirlandim”, — dedi aktrisa.

Shahlo Temirovaning qayd etishicha, mukofotni qo‘lga kiritish va sahnada, barcha san’atkorlar orasida e’tirof etilish uning uchun juda ham katta sharaf va mas’uliyatdir.

“Buni qarangki, taqdimotda azbaroyi qattiq hayajonlandimmi, uyga qaytishim bilanoq tobim qochib, tug‘uruqxonaga yo‘l oldik. Ikki kun o‘tib, qizalog‘im tug‘ildi. Yil yakunida qo‘shaloq mukofotga ega bo‘lganimdan juda ham mamnunman”, ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Ozodbek Nazarbekov qiziqchi Zokir Ochildiyevni o‘ziga ustoz deb atadi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 474
  • Коммент: 0

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov qiziqchi Zokir Ochildiyevni “qaysidir ma’noda o‘ziga ustoz deyishi mumkin”ligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda.

“‘Ozod-shou’ni olib borishda Zokir Ochildiyev bilan hamkor bo‘lganmiz. Ko‘rsatuvni olib borishda u kishi menga ko‘p maslahat va takliflar bergan. Sahnada boshlovchi bo‘lib shakllanishimda Zokir akaning hissasi bor”, — dedi xonanda.

“Meni hajv qilganlariga kelsak, ba’zan kelishib, ba’zan kelishmay kulgi ulashardik. Zokir aka “qattiq” kulgi qilmaydi. Qitmirliklari bo‘lgan, o‘zim rozi bo‘lganman, shouda kayfiyatni ushlab turish uchun shunday qilingan”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.

... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Xonanda va aktyor Sharof Muqimov onasining betobligi sabab ijodini vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 473
  • Коммент: 0

Xonanda va aktyor Sharof Muqimov onasining betobligi sabab ijodiy faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Oilamiz boshiga og‘ir kulfat tushib qoldi. Onam og‘ir betob. Ularni oyoqqa turg‘azaman, deb ijodni ham yig‘ishtirib qo‘ygandim. Bunday vaziyatlarda xoh qiz, xoh o‘g‘il bo‘lsin, farzandga qiyin bo‘larkan. Hozir u kishining salomatliklarini Xudodan so‘rab o‘tiribmiz”, — dedi Sharof Muqimov.

“Onajonimga tikilib, ba’zan aktyorlikdan xabardorligimdan xursand bo‘ldim. Chunki onam hozirgacha o‘zlarining qanday kasal ekanliklarini bilmaydilar. Ularga: ‘Siz sog‘lomsiz, sal charchabsiz, dam oling’, deb ishontira olyapman, yuragimdagi dard-alamni ko‘rsatmaslikka kuch topyapman”, — dedi san’atkor.

... Читать дальше »
Раздел: Шоу-бизнеса

Xonanda Abdurashid Yo‘ldoshev ko‘proq ijod qilishi kerakligini o‘ylab, “kechalari uxlay olmayotgani”ni ma’lum qildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 381
  • Коммент: 0

Xonanda Abdurashid Yo‘ldoshev 2015-yilda “E’tirof” milliy mukofotini qo‘lga kiritishini o‘zi kutmaganini tan oldi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev 2015-yil dekabrida bo‘lib o‘tgan “E’tirof” milliy mukofoti taqdimotida “Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi” deb topilgandi.

“Xalqning nazariga tushishni, “E’tirof” milliy mukofotini qo‘lga kiritishni barcha san’atkorlar kabi men ham orzu qilganman. Lekin aynan 2015-yilda orzuim ushaladi, deb o‘ylamagandim. Taqdirlanayotgan orasida ism-sharifimni eshitganimda, qanchalik hayajonga tushganimni tasvirlab berolmayman. O‘sha daqiqalar butun umrimga yetgulik quvonchli va unutilmas bo‘ldi”, — deydi xonanda.

Uning aytishicha ... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Xonanda Ali Otajonov “talab borligi uchun” kinolarda suratga tushayotganini ma’lum qildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 418
  • Коммент: 0

Xonanda Ali Otajonov uchun kinoda suratga tushish — xobbi. Bu haqda u “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men uchun kino, bu — xobbi. Bilaman, bu ish qo‘limdan keladi, shuning uchun ham shug‘ullanyapman. Ammo aktyorlikka da’vogarlik qilmayman”, — dedi xonanda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u kinoni “yillar o‘tganidan keyin, rollarni ko‘rib, yaxshi kunlarni eslash uchun bir manba”, deb o‘ylaydi.

“Asosiysi, talab bor. Shu kungacha birovdan: ‘Bu rolni yomon o‘ynabsan’, — degan gap eshitganim yo‘q. Shu munosabat ham suratga tushishimga turtki bo‘layotgandir”, — deya qo‘shimcha qildi Ali Otajonov.

... Читать дальше »

Раздел: Шоу-бизнеса

Jastin Biber Meksikadagi arxeologik qazishmalar ketayotgan manzildan quvib yuborildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 11.01.2016
  • Просмотры: 412
  • Коммент: 0

Kanadalik xonanda Jastin Biberning mayyalar manzili — Tulum shahriga (Meksika) tashrifi janjalga sabab bo‘ldi. Xonanda arxeologik qazishmalar ketayotgan hududga o‘tmoqchi bo‘lgan, bu holat payqalgach, undan ushbu joyni tark etish talab etilgan. Bu haqda The Independent xabar berdi.

Biberning atrofidagilar anglashilmovchilik ro‘y berganini ta’kidlamoqda. Ularning aytishicha, qo‘shiqchi bor-yo‘g‘i qazishma ketayotgan joy atrofida bo‘lgan — AllTournative ekosayyohlik kooperativiga borgan va mahalliy ruhoniy tomonidan o‘tkazilgan marosimda ishtirok etgan.

Раздел: Шоу-бизнеса
« 1 2 ... 35 36 37 38 39 40 »