Xarrison Ford o‘zi ishtirokidagi filmlar keltirgan jami tushum bo‘yicha Box Office Mojo portali reytingida yetakchilik qilmoqda: “Yulduzlar jangi” epopeyasi yangi filmining muvaffaqiyati tufayli mazkur ko‘rsatkich 4,7 milliard dollarga yetdi. Shu tariqa u ro‘yxatning avvalgi yetakchisi Semuel L. Jeksonni ortda qoldirdi, deya xabar beradi “Gazeta nashri”.
Shuningdek, ushbu ro‘yxatda Tom Xenks, Morgan Friman, Eddi Myorfi oldingi o‘rinlarda bormoqda. E’tiborli jihati, eng daromadgir aktyorlar yigirmataligidan atigi bir ayol o‘rin olgan: Kemeron Dias ishtirokidagi filmlar 3,03 milliard dollar to‘plagan.
“Yulduzlar jangi” yaratuvchisi Jorj Lukas eng kassabop kinossenariyvislar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. Ushbu epopeyaga musiqa bastalagan Jon Uilyams esa katta tushum keltirgan bastakorlar reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan.