O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov qiziqchi Zokir Ochildiyevni “qaysidir ma’noda o‘ziga ustoz deyishi mumkin”ligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda.
“‘Ozod-shou’ni olib borishda Zokir Ochildiyev bilan hamkor bo‘lganmiz. Ko‘rsatuvni olib borishda u kishi menga ko‘p maslahat va takliflar bergan. Sahnada boshlovchi bo‘lib shakllanishimda Zokir akaning hissasi bor”, — dedi xonanda.
“Meni hajv qilganlariga kelsak, ba’zan kelishib, ba’zan kelishmay kulgi ulashardik. Zokir aka “qattiq” kulgi qilmaydi. Qitmirliklari bo‘lgan, o‘zim rozi bo‘lganman, shouda kayfiyatni ushlab turish uchun shunday qilingan”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.