Xonanda Abdulla Qurbonov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida bundan bir necha yil avval bir o‘limdan qolgani haqida gapirdi.
— “Otimning o‘lishini bilganimda, bir qop kepakka almashgan bo‘lardim”, deyishgan. Boshimga tushgan sinov haqida ham “Beayb Parvardigor, har bandada bir ayb bor. Mening aybim to‘qligimdir, to‘qligimdan sho‘xligimdir” misrali qo‘shiq hozirlayapman. Bir yomonning yaxshisi bor. 2013-yil chet elda yashaydigan do‘stim Jaloliddin bilan qo‘ng‘iroqlashdim, oktabrda ikkovimiz oilamiz bilan bir oy kemada sayr qilishga kelishdik. Rafiqam, to‘rt farzandimni olib, Floridadagi Disneylendga olib borishni ham reja qilib, bir yilga viza oldik. Lekin 27-avgust tarix zarvaraqlarida emas, yuragimda o‘chmas dog‘ bo‘lib qoldi. O‘sha sanada menga nisbatan jinoiy ish ochilib, chet elga borolmaganmiz… Radioda esa biz sayr qilishni reja qilgan kema halokatga uchraganini eshitdim, oilam bilan bir o‘limdan qolganman-da, — dedi xonanda.