Aktrisa Shahzoda Matchonova o‘zbek tilida bemalol gaplasha olishini aytib o‘tdi. Bu haqda u “7×7” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Ba’zilar: ‘Milliylikka e’tibor bermaysiz’, deb qolishadi. Aslida milliylik yuragimda va uni hammaga ham ko‘rsatavermayman”, — dedi aktrisa.
“O‘zbek tiliga kelsak, bemalol gaplashaman. Milliy liboslarni ham yaxshi ko‘raman, faqat kamroq kiyaman”, — deya qo‘shimcha qildi Shahzoda Matchonova.