Aktrisa Shahzoda Matchonova oshxonaga deyarli kirmasligini tan oldi. U bu haqda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Qiz bola uchun buni tan olish qanchalik noo‘rin bo‘lmasin, ammo bu haqiqat — oshxonaga deyarli kirmayman”, — dedi aktrisa.
“Taom tayyorlashni yoqtirmaganim uchun hatto ba’zida nonushta qilmay ishga otlanishim ham mumkin”, — dedi Shahzoda Matchonova.
“Oshxonada pishir-kuydir qilishdan ko‘ra, tayyor mahsulotlarni afzal ko‘raman”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa.