Aktrisa Sitora Farmonova Bishkekning “Aziya MIX” jamoasi tarkibida Sochidagi KVN festivali — “KiViN—2016”da qatnashmoqda. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, aktrisa Sitora Farmonova 2015-yildan Bishkekning “Aziya MIX” jamoasi tarkibida KVN musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. “Men KVN bilan kasallanganman. KVN borida, men hamma narsani: safarlar, gastrollar, tasvirga olish ishlarini qoldiraman yo bekor qilaman”, — deydi aktrisa.
Bishkekning “Aziya MIX” jamoasi 2011-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2015-yilda jamoa tarkibi yangilangan. Jamoa osiyoliklardan — tojikistonlik xonanda, o‘zbekistonlik aktrisa, qozog‘istonlik afsungar, qirg‘izistonlik boshlovchi va boshqalardan tashkil topgan.