Aktrisa Zarina Nizomiddinova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida kino va reklama sohasidagi gonorarlari haqidagi savollarga javob berib o‘tdi.
— Malibu avtomobilini qaysi pulga oldingiz? Har holda kinodan tushadigan gonorarlar unchalik katta emas, to‘g‘rimi?
— Mening gonorarim qancha ekanligini bilmaysiz-ku. Gonorarim — shaxsiy masala va uni hammaga aytishim shart emas. Keyin, atrofga nazar tashlasak, deyarli barcha aktrisalarning mashinasi bor…
— Lekin ularda asosan Lacetti, Nexia va shunga o‘xshash mashinalar…
— Nega endi? Yaxshi mashinalar ham bor. Balki ularning o‘zi yaxshi mashina sotib olishni istamas, balki boshqa narsaga pul to‘playotgandir. Men o‘zimga qulay bo‘lsin, deb shu mashinani sotib oldim.
— Demak, reklamalardan tushgan pulga sotib olgansiz?
— Ishlayman, o‘zimizga to‘qmiz, Xudoga shukrki, yonimda akam bor.
— Reklamalardagi chiqishlaringiz uchun sizga qancha to‘lashadi, gonorar miqdori kattami?
— Gonorarim miqdorini hech qachon ommaga ma’lum qilmayman. Ko‘ryapsiz-ku, Malibu olibmanmi, demak, gonorarim katta ekan.