Aktyor Alisher Uzoqov Instagram’da ro‘yxatdan o‘tib, u orqali muxlislariga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Do‘stlar, men tirikman! Sog‘man! Ha, shu bilan birga men kalman!!!”, — deb yozdi san’atkor o‘z sahifasida.
Aktyorning ushbu murojaatiga muxlislarning soch borasidagi tinimsiz savollari sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda aktyor boshqa hamkasblari bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Biz — buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivalida ishtirok etmoqda.