Rejissorlar Tomas Makkartining “Diqqat markazida” va Adam Makkeyning “Pastlatish o‘yini” filmlari eng yaxshi original va eng yaxshi soddalashtirilgan ssenariy uchun AQSh Ssenariychilar Gildiyasi mukofoti (Writers Guild of America Award)ni qo‘lga kiritdi. Bu haqda mukofotning rasmiy sayti bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar qilmoqda.
“Diqqat markazida” filmi bilan birga “Ovozlar ko‘chasi”, “Qotil”, “Andishasiz qiz” va “Ayg‘oqchilar ko‘prigi” filmlari sovrin uchun kurash olib bordi.
Eng yaxshi soddalashtirilgan ssenariy uchun mukofot Charlz Rendolf va Adam Makkeyga nasib qildi. Bu unvonga “Kerol”, “Marslik”, “Stiv Jobs” va “Trembo” filmlari nomzod bo‘lgan edi.
Yangi serial unvoni “Mister Robot” seriali ssenariysiga berilgan bo‘lsa, hujjatli film uchun eng yaxshi ssenariy mukofotiga “Vasvasa” filmida ijod qilgan Aleks Gibni loyiq deb topildi.
Writers Guild of America Award mukofoti g‘oliblari 1949-yildan buyon har yili aniqlanadi. Mukofot AQShning eng nufuzli kinomukofotlaridan biri hisoblanadi.