Xonanda Aziza Niyozmetova jurnalist Jasur Hamroev bilan Facebook orqali suhbatida muxlislarni qiziqtirgan ko`plab savollarga javob berdi. Xususan, suhbat davomida xonanda O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ijodiga munosabat bildirdi.
“Gulsanamning ashulalari ham, o`zini tutishi ham yaxshi. U chetdan qaraganda g`ururli tuyuladi. Lekin Gulsanam yaxshi, samimiy, tarbiyali qiz. U o`zini tutishni biladi. Tutishni bilgani uchun, bekordan bekorga “xalq artisti” bo`lib o`tirmagandir. Uning “Orzular” qo`shig`i yoqadi. O`ziga yarasha nafasi bor. Gulsanam asar yaratmaydi, yaratilgan asarni chiroyli kuylaydi”,—deydi Aziza Niyozmetova.
“Gulsanam Mamazoitovaning akasining ijodini kuzatasizmi?” degan savolga xonanda quyidagicha javob berdi:
—Akasi juda kuchli san`atkor. U asarlar yaratadi. Uni bemalol xalq artistlari ro`yxatiga kirtish mumkin.
Avvalroq, Aziza Niyozmetova shu kunga qadar bironta mukofot yoki unvon olmaganini ma`lum qilgan edi.