Rejissor Rustam Sa’diyevning yangi — “Baron” nomli kinokartinasi sabab yanvar oyi oxiriga rejalashtirilgan yangi filmlar premyeralari bekor qilindi. Bu haqda “Shov-shuv.uz” xabar bermoqda.
“Shov-shuv.uz” xabarida aynan qaysi rejissorlarning qaysi filmlari, umuman, nechta film premyerasi bekor qilinganiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq, 24-yanvar, yakshanba kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyida “Baron” filmi namoyishi uchun 7,5 ming chipta sotilgani haqida xabar berilgan edi.