"Gerta" va "Ayntraxt" nemis klublarining muxlislari 25 fevralda Germaniya poytaxti Berlinda Bundesliganing 22-turi oldidan ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishdi. Bu haqda B.Z. nemis nashri xabar bermoqda.
Guvohlarning aytishicha, mushtlashuvda 50 dan 200 gacha odam ishtirok etgan. Ular bir-birlariga shisha idishlar va petardalar uloqtirganlar. Tartibsizliklar oqibatida o'nga yaqin odam jarohat olgan.
Politsiya 40 ga yaqin bezorini qo'lga olgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko'ra, fanatlar mushtlashish uchun oldindan ataylab kelishib olgan bo'lganlar.