Warner Bros. kompaniyasi YouTube’dagi rasmiy kanalida “Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida” filmining yangi treylerini joylashtirdi. Bu haqda Batman News xabar bermoqda.
Hisob bo‘yicha to‘rtinchi promorolikda Ben Afflek ijro etgan Betmen nomidan so‘z boradi. Sahnalardan birida ilk bor aktrisa Gal Gadotning Mo‘jiza-ayol qiyofasida ko‘rish mumkin. Filmda, shuningdek, Genri Kavill, Jeffri Din Morgan, Jessi Ayzenberg va Emi Adams ham ishtirok etgan.
Budjeti 200 million dollar baholanayotgan film premyerasi AQShda shu yilning 20 martida bo‘lib o‘tadi.