Bugungi kunda Youtube.com videoxostingiga dunyo yulduzlari, jahon tan olgan mashxurlarning ijod mahsullari jumladan qo`shiqlari, kliplari, saundtreklari joylanadi. Ularning har bir ijod namunasi birgina Youtube.com videoxostingining o`zida katta natijalarni qayt etadi. Mazkur videoxostingda mana shunday kliplar orasida birinchi rasmiy o`zbek videoklipi 10 millionni zabt etdi. Bu—Shahzodaning “Shunchaki” taronasiga ishlangan klip, deb xabar beradi “Popcornuz.com” sayti.
Ikki yil ichida 10 million ko`rsatgich juda yuqori natija hisoblanadi va bunday natijani asosan dunyo yulduzlarida kuzatish mumkin. Albatta bu nafaqat Shahzodaning balki, qo`shiq va klip ijodkorlarining, san`atimizning yutug`i hamdir.
Ma`lumotlarga ko`ra, Akcent bilan kuylangan “All alone” dueti hali klip ishlanmasidanoq 14 million natijani qayt etmoqda.