“Million” qiziqchilar jamoasi 24-28 aprel kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yangi konsert dasturini taqdim etadi. Yanvar oyida e`lon qilingan reklama bannerlarida Davron Kabulovdan tashqari guruhning barcha a`zolarining surati aks ettirilgan edi.
“Million” sardori Davron Kabulov reklama bannerini o`zining Instagram`dagi sahifasiga joylashtirib, “Biz bir jamoamiz. Har qanday vaziyatda ham” deb yozib qoldirganidan so`ng ko`pchilik jamoaning navbatdagi konsertida Davron ishtirok etmasligini .
“Sayyod.com”ning ishonchli manbalariga asoslanib yozishicha, konsertda Davron Kabulov ishtirok etadi.
“Davronning konsertda go`yoki chiqmasligi xaqidagi xabarning o`zi shunchaki shu vaziyat bilan bog`liq bo`lib shov-shuv ko`tarildi, xolos. Balki shunchaki va vaziyatdan piarga yaxshi foydalanildi”,— deyiladi xabarda.