Davron Kabulov O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqmoqchi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 29.03.2017
  • Просмотров : 385
  • Коммент: 0

Boshlovchi va shoumen Davron Kabulov O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishi mumkinligini ma`lum qildi. 

“Murabbiylik tajribam yo`qligini yuzimga solishmasa, ‘qo`ng`iroqlar’ bilan tarkib tanlashga aralashishmasa O`zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqa olaman. Tekinga-pul kerakmas. 4 yil Vatanim uchun oyliksiz ishlashga tayyorman. ‘Boshlovchiligingni qilsangchi’, degan gaplarga shoshilmang. Termamizni shu vaqtgacha Sarkisyan, , Mirsodiqov, Vega da Silva, Salkov, Nepomnyashiy, Abramov, Kosimov, Babayan kabi ‘tan olingan’lar boshqardi-olib chiqolmadi JChga.

Hech narsa yo`qotmaysiz: eplolmasam 6 marta chiqolmagan mundialga 7 marta chiqmagan bo`lasiz, va`damning ustidan chiqsam tarixda birinchi marta bo`ladi. Jiddiy aytyapman. Agar natija oldingilaridan yomon bo`lsa, yashab turgan uyimni o`rtaga tikishga tayyorman!”,—deb yozdi Davron Kabulov o`zining Instagram`dagi sahifasida.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart, payshanba kuni JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 6-turida Suriyaga qarshi bahsda imkoniyatni qo`ldan boy berdi.



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.