Aktyor Leonardo Di Kaprio Davosda Crystal Awards mukofotiga loyiq deb topildi va u neft sanoati vakillarining kamchiliklarini fosh qiluvchi mavzuda nutq so‘zladi. Bu haqda The Guardian nashri ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
Ma’lumki, “Aviator” filmining yulduzi Crystal Awards marosimida atrof-muhitni himoya qilish sohasiga qo‘shgan hissasi uchun sharafli mukofotga loyiq deb topilgan.
Leonardo Di Kaprio sahnada minnatdorlik nutqi bilan chiqish qilib, o‘zidagi bor imkoniyatlar bilan foydali qazilmalarni qazib olish asosi hisoblangan yoqilg‘i sanoatidagi “korporativ ochko‘zlik”ka qarshi kurashayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
U, shuningdek, zamonaviy dunyodagi bu kabi muammolarni rad qiluvchi kishilarni keskin tanqid qildi. Di Kaprio iqlim o‘zgarishlari muammosiga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirdi.