Dilnoza Kubayeva: Hayotimda shunday kunlar bo‘ldiki, kulishni ham unutib qo‘ydim

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 20.01.2016
  • Просмотров : 688
  • Коммент: 0

O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining “Talabalar ittifoqi” (Students’ Union) tarkibidagi “GDC — Girls development club” qizlar klubining navbatdagi seminar-treningida taniqli aktrisa Dilnoza Kubayeva ishtirok etdi. Bu haqda universitetning Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirilgan.

Xabar berishlaricha, tadbirda abituriyentlar, Toshkent Moliya instituti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent Davlat pedagogika universiteti qizlari ham ishtirok etgan.

Trening davomida taniqli aktirsa qizlarga maftunkorlik, chin o‘zbek qizlarida bo‘lishi lozim hislatlar, odob-axloq, kiyinish madaniyati haqida foydali tavsiyalar berib o‘tdi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda, “Qalampir.uz”ning yozishicha, aktrisa hayotidagi sinovli vaqtlarni haqida so‘zlab bergan.

“Ozmi-ko‘pmi boshimga sinovlar, yelkamga katta yuk tushdi. Nolimayman, aksincha, xursand bo‘laman. Xudo meni sinab, chiniqtirib toblayapti. Bu ijro etayotgan rollarimga ham yordam beradi hatto. Hayotimda shunday kunlar bo‘ldiki, kulishni ham unutib qo‘ydim”, — deydi aktrisa.

“Turmush o‘rtog‘im og‘ir xastalikka chalingan paytlari oila a’zolarim yonimda bo‘lolmay qolishdi, deyarli yolg‘iz qolib ketdim. Mashina haydashni bilmayman, taksida ketaman, ko‘zoynakda bo‘lsam ham haydovchilar tanib qolib savolga tutardi”, — dedi Dilnoza Kubayeva.

“O‘sha mahal yuragimga hech narsa sig‘masdi — chunki turmush o‘rtog‘im o‘lim to‘shagida yotibdi. Shunaqa kunlar bo‘ldiki, oddiygina tabassum qilishga qiynalardim. Chaqalog‘im haqida tarqalgan turli tuhmatlar, bo‘lmagan gaplar… Shunday vaziyatlarda baxtli kunlarning qadriga yetar ekansan”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa.



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.