Warner Bros. studiyasi rejissor Kristofer Nolan tomonidan suratga olingan “Dyunkerk” filmi yangi treylerini e’lon qildi. Meduza’ning yozishicha, kartina ittifoqchi qo‘shinlarning 300 ming askari qutqarib qolingan Dyunkerk operatsiyasi haqida hikoya qiladi.
“Dyunkerk”da Tom Xardi, Killian Myorfi va Mark Raylens kabi aktyorlar suratga tushgan. Film 2017-yil iyulida ekranlarga chiqadi.