Eron prezidenti Oliy suddan Saudiyaning diplomatik vakolatxonalariga hujum qilganlarni jazolashni so‘radi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 07.01.2016
  • Просмотров : 487
  • Коммент: 0
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Islom Respublikasining Oliy sudi raisi oyatulloh Sodiq Amoli Larijoniyga maktub yo‘llab, Saudiya Arabistonining Tehron va Mashhaddagi diplomatik vakolatxonalariga hujum qilganlarni jazolashni so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ruhoniy o‘z maktubida “bunday jinoyatlar mamlakat milliy xavfsizligiga zarar keltirishi, Eron hukumati uchun haqoratli ekanligi va Islom Respublikasi rahbariyati imijiga zarar yetkazishi”ni qayd etgan.

Shia ulamoasi Nimr an-Nimrning qatl etilgani tufayli 2-yanvardan 3-yanvarga o‘tar kechasi Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasi va Qirollikning Mashhaddagi konsulligiga tajovuzkor kayfiyatdagi namoyishchilar hujum uyushtirdi. 3-yanvar kuni diplomatik vakolatxonalarga hujum qilgan 40 ga yaqin kishi qo‘lga olindi. Biroq Saudiya Arabistoni shu kunning o‘zida Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Uning ortidan Sudan va Bahrayn ham shunday yo‘l tutdi.

BAA Eron bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirdi. Kuvayt maslahatlashuv uchun o‘z elchisini Tehrondan chaqirib oldi. Afrikaning Jibuti Respublikasi ham Eron bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatishga qaror qildi.


Раздел: Новости мира
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.