G‘ulomjon Yoqubov nima uchun “Ummon” guruhining qo‘shig‘ini kuylaganini tushuntirdi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 06.02.2016
  • Просмотров : 446
  • Коммент: 0

O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov nima uchun Munojat Yo‘lchiyeva bilan birga “Ummon” guruhi va Munisa Rizayevaning birgalikdagi qo‘shig‘ini kuylaganini tushuntirdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

“Bu qo‘shiqni kuylashdan maqsad — yoshlardan ko‘ra o‘zimiz yaxshi kuylaymiz, degan fikrni isbotlash emas, balki e’tirozlarga javob qaytarish edi. Biz yoshlarning qo‘shiqlarini kuylay oldik”, — dedi G‘ulomjon Yoqubov.

“Xo‘sh, ko‘raylik-chi, yoshlar bizning repertuardagi ashulalarni kuylashga jur’ati yetarmikan? Yoshlar ham jiddiy, ma’no jihatidan salmoqli ijodiy ishlarga qo‘l uradi, degan umiddaman”, — dedi xonanda.

“Ayrimlardan: ‘Kattalar bizni tanqid qiladi, lekin yoshlarbop yo‘nalishda kuylash o‘zlarining qo‘lidan kelmaydi’, degan fikrlarni ham eshitdik. Bu gaplarning to‘g‘ri emasligini isbotlash uchun ham Munojat Yo‘lchiyevaga duet kuylash taklifini berdik va birga kuyladik”, — dedi xonanda.

“Qizig‘i, ‘Ummon’ guruhi vakillaridan sado chiqmadi, bizga javoban kuylashmadi”, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov.



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.