Taniqli aktyor Jeymi Foks nafaqat ekranda, balki hayotda ham qahramon bo‘lib chiqdi, deb yozadi “TASS”.
Kaliforniya shtati patrul-post xizmati xabariga ko‘ra, 18-yanvar, dushanba kuni aktyorning uyi qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi: Toyota Tacoma yo‘l chetidagi ariqqa qarab otilib ketdi, mashina bir necha marta dumalab, so‘ng yonib ketdi. Foks va voqeaning yana bir necha guvohi o‘z vaqtida yordamga yetib keldi, ular oynani sindirib, xavfsizlik kamarini uzdi va 32 yoshli Brett Kaylni mashinadan chiqarib oldi. Mashinada undan boshqa odam bo‘lmagan, yigitni kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazishgan. Jeymi Foks “Ozod etilgan Jango” (Django Unchained), “Qonunga rioya qiluvchi fuqaro” (Law Abiding Citizen), “Avliyo Valentin kuni” (Valentine’s Day), “Oq uyga hujum” (White House Down) filmlaridagi rollari bilan tanilgan. 2004-yilda u “Rey” (Ray) kartinasidagi roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.