Aktrisa Gulchehra va Sharof Sharapovlar yana bir muhim hodisani nishonlash arafasida ekanliklari haqida avvalroq xabar bergandik. Ya`ni bugun, 17 fevral kuni ular farzandlarining Sunnat to`yini nishonlashmoqda.
Mazkur tadbir oldidan ular fotosessiya uyushtirishdi. Bu Amirning internetga yuzi ochiq holda joylangan ilk surati. Muhiddin Ali tomonidan suratga olingan mazkur fotosurat uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylandi.
Eslatib o`tamiz, tantana sababchisi Amirning Sunnat to`yi poytaxtimizning Yakkasaroy restoranida bo`lib o`tadi.