O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulbahor Erqulova 27 noyabr kuni Facebook.com ijtimoiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasiga O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova va xonanda Farrux Raimov ijrosidagi “Kuyov” duetining klipidan ba`zi lavhalarni joylashtirib, o`z e`tirozlarini yozib qoldirgan edi, deb xabar beradi “Qalampir.uz”.
“O`zbekiston xalq artisti unvoniga loyiq bo`lsa omad! Qo`shiqchi serqirra bo`lishi kerak, lekin to`yning qo`shig`ini ommaga reklama qilish to`g`rimi, bilmadim... Katta sahnaga chiqib, yurtni kuylagan xonandalar biroz o`ylab ish qilishsa yomon bo`lmas edi”, – deb yozgandi Erqulova. Biroq, nashrning ma`lum qilishicha, xonanda Facebook’dagi bu mulohazalarini o`chirib yuborgan.
Bugun Gulsanam Mamazoitova Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga selfi suratini joyladi va unga quyidagi she`riy misralarni yozib qoldirdi:
“U sahnaning Guli, Bahori.
Eri, quli, yolg`iz yodgori...
Dilozori – Xudo bezori
Falonchiga unvon beringlar”
“She`rda foydalanilgan so`zlar har kimda har xil tahmin uyg`otishi aniq. Instagram’dagilarning fikricha, Gulsanam Mamazoitovaning sabr kosasi to`lib, Erqulovaning tanqidlariga shu to`rt misra bilan javob qaytarishni ma`qul ko`rgan. Balki bu she`r O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning 9-13 fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadigan navbatdagi konsert dasturidan o`rin olgan qo`shiqning so`zlaridir. Yana kim biladi deysiz”,-deyiladi xabarda.