Alisher Navoiy nomli kinosaroyida triller, drama janrida suratga olingan “Hamroh” filmining jurnalistlar uchun yopiq taqdimoti bo`lib o`tgani haqida xabar bergandik.
Yil filmi nomiga da`vogarlik qilayotgan postanovkachi rejissyor va ssenariy muallifi Akrom Shohnazarovning filmi 10 apreldan yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etilishi ma`lum qilindi.
Psixologik drama janrida suratga olingan film inson va ruh o`rtasidagi sirli munosabatlar voqeasiga asoslanadi.
Aktrisa Yulduz Rajabova gavdalantirgan ruh bilan muloqotga kirishgan Adiz Rajabov obrazi tomoshabinga psixologik ta`sir o`tkazib, uni birgalikda his etishni uddasidan chiqqan. Filmda aktyor Adiz Rajabovni yangidan kashf qilish mumkin. Uning ruhiy kechinmalari hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi.
Film operatori Rustam Meliev, postanovkachi rassom Alisher To`liboev. “Hamroh” Buxoro shahri, Jizzah viloyati hamda Toshkent shahrida 90 kun davomida 45 kun ichida suratga olingan.
Filmda bosh rollarni Yulduz Rajabova, Adiz Rajabov, Lola Eltoeva hamda Karim Mirhodievlar ijro etishgan.