Huawei kompaniyasi yangi smartfon, planshet va “aqlli” soatini taqdim etdi (foto)

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 07.01.2016
  • Просмотров : 525
  • Коммент: 0
Xitoyning Huawei kompaniyasi CES 2016 ko‘rgazmasida Huawei Mate 8 smartfoni, MediaPad M2 plansheti, yangi ranglardagi Huawei Watch “aqlli” soati va yangi dizayndagi Nexus 6P’ni taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Huawei Mate 8 smartfoni

Huawei Mate 8 biznesmenlar uchun imidj smartfoni sifatida ta’riflandi. U 6 dyuymli ekran, HiSilicon Kirin 950 protsessori, 4000 mA/s sig‘imli akkumulyator, 16 megapikselli Sony IMX 298 kamerasi (asosiy) va 8 megapikselli old kameraga ega bo‘ldi.
Qurilmaning orqa paneliga barmoq izi skaneri joylashgan, u Mate 7 smartfonidagi datchikdan ikki marta tezroq ishlaydi. Skaner foto, video va hujjatlarni “qulflash”, kamerani ishga tushirish, qo‘ng‘iroqqa javob berish, budilnikni o‘chirish uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
Smartfonning 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotiraga ega versiyasi 599 yevro, 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotiralisi esa 699 yevro turadi.
MediaPad M2 plansheti

To‘rtta dinamikka ega yangi Huawei plansheti multimedia va mobil o‘yinlar ishqibozlari uchun qiziq bo‘lgan qurilmadir.
Planshetning 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotiraga ega versiyasi 349 dollar, 3 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotiralisi 469 dollarga tushadi.
Yangilangan Huawei Watch

Bu safar aksessuarning ko‘k — Jewel va oq — Elegant variantlari namoyish etildi. Gadjetlar ichki dinamikka va kiruvchi qo‘ng‘iroqlarga javob berish funksiyasiga ega — Bu Android Wear asosidagi shunday funksiyaga ega birinchi soat.
Huawei Watch Jewel’ning narxi 599 dollar, Huawei Watch Elegant — 499 dollar.
Oxirida Huawei avvalroq taqdim etilgan Nexus 6P’ni namoyish qildi, endi u xira tillarang, oq, qora va kumushrang tuslarda chiqarildi.


Раздел: Новости технологии
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.