Gollivud aktyori Jonni Depp milliarder va siyosatchi hayotiga oid “Donald Trampning ishbilarmonlik san’ati” nomli komediyada bosh rolni ijro etdi. 50 daqiqali filmni mazkur loyihaga qo‘l urgan Funny Or Die kompaniyasi saytida ko‘rish mumkin , deya xabar beradi The New York Times.
Filmning barcha sahnalari 2015-yil dekabrida, bir necha kun mobaynida suratga olindi. Deppdan tashqari, unda Mikaela Uotkins va Jek Makbrayer ham ishtirok etgan.
Komediya Trampning 1987-yilda chop etilgan “Ishbilarmonlik san’ati” kitobiga asoslangan. Uning premyerasi Trampning Nyu-Gempshir shtatida bo‘lib o‘tgan dastlabki saylovlardagi (praymeriz) g‘alabasiga bag‘ishlandi.