Xonanda Lola “Darakchi” gazetasi bilan intervyu chog‘ida muxlislarning ko‘plab savollariga javob berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Xususan, san’atni tark etishi haqidagi savollardan biriga u quyidagicha javob berdi:
“So‘nggi paytlarda shu haqda ko‘p o‘ylayapman. Men hech qachon ijod qilishdan to‘xtamayman, biroq uchinchi marotaba ona bo‘lishni rejalashtirsam, darvoqe, ayni damda aynan shuni istayapman, ijodda tanaffus qilaman. Tanaffus paytida homiladorlik davrim va farzandim tug‘ilishidan to‘laligicha zavqlanishni istayman va faqat ilhom kelgandagina ijod qilaman”.
Shuningdek, Lola “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingizni uchratdingizmi?” — degan savolga ancha o‘ylanib, tabassum bilan “Balki”, deya javob berdi.
“Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bolalarimga juda yaxshi munosabatda bo‘ladi, men buni bilaman, u ularni jon-u dilidan yaxshi ko‘radi”,— deya qo‘shimcha qildi xonanda.