Munisa Rizaeva “Milliy” telekanalida “taqiq”qa uchragani haqidagi xabarlarga izoh berdi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 01.04.2017
  • Просмотров : 391
  • Коммент: 0

Xonandalar Munisa Rizaeva va Rayhonning kliplari “Milliy” telekanali efiridan olib tashlangani haqida “Sayyod.com”ga asoslanib, xabar bergan edik

Xonanda Munisa Rizaeva mazkur xabarga o`zining Instagram`dagi sahifasi orqali munosabat bildirdi.

“ ‘Milliy’ telekanali efiridan Rayhon va Munisaning kliplari olib tashlandi deb hamma joyda shov-shuv bo`lib ketdi. Hammami yolg`on”,—deb yozadi Munisa Rizaeva.

Xonanda bu kabi “piar” kimga kerak ekanligini yozib, jurnalistlarni to`g`ri ma`lumot berishga chaqiradi.

“Bizning kliplarimiz va ashulalarimiz hamma joyda Xudoga Shukur aylanib turibti!”,—deydi Munisa so`zlarini davom ettirib.

Xonanda turli haqoratli izohlar yozib qoldirayotgan internet foydalanuvchilaridan ham ranjiganini aytadi:

“Bugun men va Rayhon odamlarni yozgan izohlarini ko`rib hayratlandik, sizlar bizlarni shunchalar yomon ko`rasizlarmi? Ertalabdan kechgacha biz san`atkorlar uxlamastan muxlislarimiz uchun ijod qilsak, nahotki bizning shuncha xizmatimizni har xil haqoratlar bilan internet tarmoqlari orqali yomon izohlar qoldiryapsizlar. Ko`rmasdan turib birovga tuhmat qilish bu katta gunoh hisoblanadi!”.



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.