Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva “Sabo” gazetasiga bergan intervyusida ko‘pchilik uning ota-onasining bir-biriga bo‘lgan munosabatiga havas bilan qarashini, ularning ajoyib sevgi tarixi borligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Yoshligimdan kelgusidagi hayotim ota-onamnikiga, turmush o‘rtog‘im otamga o‘xshashini niyat qilardim. Ammo menga ularniki kabi muhabbat nasib etmadi. Balki vaqt o‘tishi bilan bunga ham sazovor bo‘larman. Lekin men erishgan eng katta baxt — farzandim. Uning kulgisini eshitganda, qiliqlarini ko‘rganda o‘zimni eng baxtli ayol deb hisoblayman. Yana qaytarib aytaman, eng katta baxtim — ota-onam va qizalog‘im”, — dedi Muqaddas Sa’dullayeva.
Oldinroq Muqaddas Sa’dullayeva oilaviy hayotiga putur yetkazgan Instagram-akkauntni sudga bermoqchi ekanligi xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, aktrisa yaqinda “Qizlarning jahli chiqdi” filmi va “Vijdon azobi” serialida rollar ijro etdi.