Xonanda Nilufar Usmonova tez orada farzand kutayotganiga qaramay, 4-mart kuni yangi albomi taqdimotini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Shok.uz” nashri. Yangi audio-CD albom “Arslonim” deb nomlanadi.
Eslatib o‘tamiz, xonanda ayni paytda to‘rtinchi farzandiga homilador. Bu haqda u ilk bora o‘tgan yilning oktabrida selfi orqali ma’lum qilgan edi. Keyinroq to‘rtinchi farzandini ham avvalgilari kabi kesarcha kesish orqali dunyoga keltirishini aytgandi.