Norvegiyaning Tromso shahrida bo‘lib o‘tayotgan XXVI Xalqaro kinofestivalga bag‘ishlanib eski kioska do‘konida joylashgan, ikki tomoshabin va kinomexanikka mo‘ljallangan kinoteatr ochildi.
Bu haqda TJournal xabar qilmoqda. Tashkilotchilar mini kinoteatrdagi ovoz va tasvirning oddiy kinoteatrlardagidan farqlanmasligini va’da qildi va barcha chiptalar festivalning ilk kunlaridayoq sotildi.