"O`zbeknavo" estrada birlashmasi tomonidan ayrim xonandalar ogohlantirildi.
Jasur Umirov, Dilfuza Ismailova, Abduvali Rajabov, Oybek Alimov, Nigora Ismailova va Umida Xo`jaevalar shular jumlasidan. Bu haqda birlashmaning axborot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq lisenziat Esmeralda Raxmatova (Tamila) Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 2016 yil 1 fevraldan tugatilganligi haqida xabar berilgandi.