O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri Alisher Navoiy tavalludi 575 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy” spektaklini qayta sahnalashtiradi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Teatr aktyori Rixsitilla Abdullayevning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilishicha, spektakldagi Guli rolini aktrisa Dilnoza Kubayeva ijro etadi, Rixsitilla Abdullayev esa Mansur obrazini gavdalantiradi.