O‘zbekiston xalq hofizi O‘lmas Saidjonov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muyassar Razzoqova o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“O‘zbekiston xalq hofizi O‘lmas aka Saidjonov bevaqt dunyodan o‘tdi. Oxiratlari obod bo‘lsin!”, deyiladi mazkur xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, san’atkor 13-fevral, shanba kuni 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi shifoxonasida yurak xurujidan vafot etgan.
1951-yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani, Tuyaboshi qishlog‘ida tavallud topgan O‘lmas Saidjonov 10-yanvar kuni 65 yoshni qarshilagandi.