O‘zbekistonlik Najmiddin Mavlonov Londondagi “Kovent-Garden” Qirollik teatri sahnasini zabt etdi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 04.02.2016
  • Просмотров : 448
  • Коммент: 0

Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko nomidagi Moskva akademik musiqiy teatri solisti Najmiddin Mavlonov 11-yanvar kuni Londonning “Kovent-Garden” Qirollik teatrida Puchchinining “Toska” operasida Kavaradossi partiyasi bilan birinchi marta chiqish qildi. Bu haqda solistning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida aytiladi.

Mavlonov ushbu rolida mazkur teatr sahnasida 25, 29-yanvar hamda 2-fevral kunlari ham chiqish qildi. Opera 5-fevral kuni ham taqdim etiladi.

Xonanda Nasiba Abdullayeva Facebook’dagi sahifasida operadan keyin Najmiddin Mavlonov bilan tushgan suratlarini e’lon qildi va uning ijrosiga tasanno aytib, u bilan faxrlanishini ta’kidladi.

Najmiddin Mavlonov 2008-yilda Toshkent davlat konservatoriyasini bitirgan. 2003—2010-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat opera va balet akademik teatri solisti bo‘lib ishlagan. Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko nomidagi Moskva akademik musiqiy teatriga 2010-yilda ishga o‘tgan. Ko‘pgina xalqaro tanlovlar g‘olibi.

   



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.