“O‘zbeknavo” xonanda Tamilaga litsenziyasi qaytarilishi shartini ma’lum qildi

  • Жалоба на материал
  • Автор: TezkorPRO
  • Дата: 14.02.2016
  • Просмотров : 367
  • Коммент: 0

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odil Abduqahhorov xonanda Tamilaga litsenziyasi qaytarib berilishi shartini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Tamilaning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuv messenjerlarda tarqalib ketgan, shundan so‘ng “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandaning litsenziyasini tugatgan edi.

“Behayo videolarning tarqalishi bizni ham g‘azablantirdi”, — dedi Odil Abduqahhorov.

“Tamilaga qo‘ng‘iroq qilganimda, ikkita videoning birida o‘zi ekanini tan olgandi. Keyin ‘O‘zbeknavo’ga chaqirtirganimizda, ‘videodagi men emasman’, deb turib oldi”, — dedi “O‘zbeknavo” vakili.

“Shunda videolarni ekspertizaga topshirib, undagi qiz o‘zi emasligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etsa, litsenziyasini qaytarishimizni ma’lum qildik”, — dedi Odil Abduqahhorov.

“Tamiladan tushuntirish xati oldik. Xonandaning og‘zaki gapiga ishonmaymiz, chunki videolarning birida Tamila aks etgani shundoq ko‘rinib turibdi”, — deya qo‘shimcha qildi “O‘zbeknavo” litsenziya bo‘limi boshlig‘i.



Раздел: Шоу-бизнеса
ПОХОЖИЕ ПУБЛИКАЦИИ
КОММЕНТАРИИ НА САЙТЕ
ДОБАВИТЬ КОММЕНТАРИЙ
Имя:*
E-Mail:*
b i u color hide l c r
emo
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.