AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya Bag‘dod ruxsatisiz mamlakat shimoliga kiritilgan harbiy kuchlarini chiqarib ketishi lozim deb hisoblaydi. Bu haqda Reuters ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Oq uy matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Obama bu haqda Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiyga telefon orqali so‘zlashuv chog‘ida aytib o‘tgan.
Bundan tashqari, siyosatchilar IShID terrorchilariga qarshi kurash masalasini ham muhokama qilgan.
Amerika prezidenti dekabr oyining o‘rtasida ham Toyyib Erdo‘g‘onni Iroqdan harbiylarini olib chiqishga chaqirgan edi.