Otabek Mutalxo'jayev 1984-yil 18-iyul kuni
Toshkent shahrida san-atkorlar oilasida
tavallud topdi. Maktabdan so-ng Toshkent
Davlat Texnika Universitetining "Neft va gaz"
fakultetini tamomladi. Otabek
Mutalxo'jayevning bobosi o'zbek klassik
maqom qo'shiqlari ijrochisi Fayzulla
Mutalxo'jayev bo'lgan. Kichkinagina
nabirasini oldiga olgan Fayzulla ota
Mutalxo'jayev Otabekni bog'chaga
boradigan vaqtlaridanoq unga qo'shiq
aytish sirlarini o'rgata oldi. Xonanda ijodini
2004-yildan boshladi desak ham bo'ladi. Xit
taronasi – "Xazon", "Sevar yorim" va
"Netayin" qo'shiqlaridir. Hozirgi kungacha
xonandaning 35dan ortiq qo'shiqlari, 20dan
oshiq kliplari hamda 2 "Xazon" va "Boriga
baraka" nomli albomlari bor. Otabek
Mutalxo'jayev qo'shiq kuylabgina qolmay,
balki NTT telekanalida "25 kadr"
kinoko'rsatuvi boshlovchisi, hamda ko'pgina
filmlarda bosh rol ijrichisi hamdir. 2006-yilda
"Yangi yil" bayramiga bag'ishlab
"Olovuddinning sarguzashtlari" musiqiy
filmida bosh rol ijrochisi bo'lgan. Bundan
tashqari rejissyor Dilmurod Mirxidoyevning
"Lola", "Sehrli uzuk", Melis Abzalovning "Sirli
sirtmoq", Tal'at Mansurovning "Madina"
filmlarida bosh rollar ijrichisi bo'lgan. 2007-
yil Otabek Mutalxo'jayev "Nihol" mukofoti
sovrindori bo'lgan. 2009-yilda M&TVA
AWARDS taqdomotida "Yilning eng yaxshi
erkak qo'shiqchisi" nominanti bo'lgan.
Hamda shu yili "Istiqlol" san'at saroyida
"Sevar yorim" konsert dasturini, 2008- yilda
esa Fond Forumning "Biz bir jamoamiz"
loyihasi ishtirokchisi hamdir. Xonanda
O'zbekiston hududining barcha viloyatlarida
gastrol konsertlarida, shuningdek bolalar
uylari, nogiron bolalar va qariyalar
sihatgohlarida hayriya konsert dasturlarini
namoyish etib kelmoqda. Xonanda
kompozitorlar Dilshod Maxkamov va Farruh
Badalboyev hamda shoirlardan Dilshod
Maxkamov, Bobur Bobomurod va
Muhammad Ismoillar bilan birgalikda ijod
qilmoqda. Xonandaning xobbilariga kelsak,
sport turlarining suzish hamda chang'i
uchishga juda qiziqadi.