O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning 2017 yilda konsert berishi masalasi noma`lum bo`lib turibdi. Bu haqda xonandaning prodyuseri Sanjar Ahmedovga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.
«2017 yilda konsert berishimiz yoki bermasligimiz hozircha noma`lum. Bermasligimiz ham mumkin», — deb ta`kidlagan Sanjar Ahmedov.
«2016 yilning fevral oyida konsert berganimizdan keyin, bir yil tanaffus qilib, yana sahnaga qaytamiz degan fikr bor edi. Gulsanamning o`zi konsert berishni istab qolsa, bizga uning tayyorgarligi uchun ikki oy vaqt etadi. Xohish bo`lsa kifoya, konsert reklamasi va boshqa masalalarga ikki oylik muddat kifoya. Konsert jonli ijroda bo`lgani uchun, sozandalar doimo shay holatda», — dedi qo`shiqchining prodyuseri.
Ma`lumot uchun, Gulsanam Mamazoitova 2015 yil «Sizni sog`indi yurak» deb nomlangan 6 kunlik konsert bergandi. Oradan bir yil o`tib berilgan 5 kunlik dastur esa «Men sizni topgunimcha» deb nomlangan.
Avvalroq O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning 2017 yilda konsert bermasligi ma`lum bo`lgandi.